01:26 / 31.07.2015
4420

Oq uy Rossiya va AQSh prezidentlari munosabatlarini “ishchi” ko‘rinishda ekanligini ta'kidlamoqda

AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernest AQSh va Rossiya prezidentlari ishchi ko‘rinishdagi munosabatda ekanliklari va bir qator sohalarda o‘z say'-harakatlarini samarali muvofiqlashtirayotganlarini aytdi. Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilgani bunga oxirgi misollardan biri bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti" axborot agentligi.

“Prezident Obama avval turli holatlardan foydalanib, Putin bilan munosabatlarining ishchi ko‘rinishda ekanligini aytgan va Obama ikki prezident ochiqchasiga, jumladan kelishmovchiliklarga ega masalalar bo‘yicha suhbatlasha olishlari mumkinligini ta'kidlagan”, deb AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, tadbirkor Donald Trampning aytgan gaplariga izoh berish iltimosiga javob berdi Ernest.

Avvalroq AQSh Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tez til topishib keta olishini hamda Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yomon ko‘rinishda ekanligini aytgan.

Top