12:48 / 31.07.2015
6300

O‘zbekiston va Janubiy Koreya banklari o‘zaro plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya banklari o‘zaro plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki ma'lumot bermoqda.
Aytilishicha, yaqinda bank Janubiy Koreyaning yirik protsessing kompaniyasi bilan aloqa o‘rnatgan. U bilan hamkorlikda ushbu loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Koreya banklaridan emitatsiyadan o‘tgan kartalarga har ikki davlatda xizmat ko‘rsatish, elektron tijoratni rivojlantirish, aloqasiz to‘lovlar va boshqa operatsiyalarni kengaytirish ko‘zlanmoqda.
Bundan tashqari, loyiha doirasida bank tizimida boshqa bir qator yangiliklar ham joriy qilinadi.

Top