19:39 / 31.07.2015
2845

Rossiya Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 11 foizga tushirdi

Rossiya Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 0,5 foizlik punktga, ya'ni 11 foizga tushirdi, deb aytilmoqda Markaziy bank bergan xabarda.

“Rossiya banki direktorlari kengashi 2015 yil 31 iyuldan qayta moliyalash stavkasini yillik 11,50 foizdan 11,00 foizga tushirishga qaror qildi. Rossiya banki prognoziga ko‘ra, iste'molchilik narxlarining o‘sishi kuchsiz ichki talab sharoitlarida sekinlashishda davom etadi”, deyilmoqda xabarda.

Kelgusida Rossiya banki inflyatsiya risklari muvozanati va iqtisodiyotning sovishi risklarini hisobga olgan holda qayta moliyalash stavkasi darajasi haqida qaror qabul qiladi.

Qayta moliyalash stavkasi darajasi masalasi ko‘riladigan Rossiya banki direktorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2015 yilning 11 sentabrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi qayta moliyalash stavkasini sezilarli darajada tushirishni rad etishi yoki umuman uni o‘zgarishsiz qoldirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top