Shri-Lankada bo‘lib o‘tayotgan saylovoldi mitingi vaqtida otishma kelib chiqishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Reyter nashrida yozilishicha, bu otishma mamlakat moliya vazirining hayotiga suiqasd hisoblanadi.
Xabarda aytilishicha, miting joyiga 4 nafar qurollangan shaxs avtomobilda kirib kelib, o‘q ota boshlagan. 1 kishi halok bo‘lishidan tashqari, 15 kishi jarohatlangan.
"Ular meni o‘ldirishmoqchi edi. Hozir men xavfsizlikdaman. 4 nafar qurollangan shaxs men turgan tomonga qarata o‘t ochdi", deb bayonot berdi vazir Ravi Karunanayake.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu suiqasd saylov arafasida joriy hukumatni yomonotliq qilish maqsadida amalga oshirilgan.