00:46 / 31.07.2015
6225

TimeOut jurnali: kino yulduzlari “Tutsi” filmini barcha zamonlarning eng yaxshi filmi deb topdilar

TimeOut jurnalining Nyu-Yorkdagibo‘limi kinoaktyorlar orasida eng ommaviy bo‘lgan filmlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. So‘ralganlar orasida Julett Binosh, Endi Serkis, Martin Shin va boshqa aktyorlar bo‘lganlar.

So‘rovlar natijalariga ko‘ra, 100 ta eng ommaviy filmlar ro‘yxati tuzildi. Ushbu ro‘yxatga 1982 yilda suratga olingan va bosh rolni Dastin Xoffman ijro etgan “Tutsi” filmi yetakchilik qilmoqda. Rejissyor Sidni Pollak tomonidan olingan ushbu filmda Jyessika Leng va Bill Myurrey ham rol ijro etishgan.

Yuqori o‘ntalikdan rejissyorlar Frensis Ford Koppolaning “Cho‘qintirgan ota”, Jon Kassavetisning “Ta'sir ostidagi ayol”, Robert Malliganning “Mazaxchini o‘ldirish”, Pol Tomas Andersonning “Bugi uslubidagi kechalar” va Martin Skorsezening “Taksichi” filmlari ham o‘rin oldi.

Top