15:57 / 31.07.2015
3819

Toshkentda yana bir muzey tashkil etildi

Toshkentda sayyohlar orasida mashhur bo‘lib ulgurgan mavjud muzeylar orasida yana bir muzey tashkil etildi. Mehmonlarga birincha marta o‘z eshiklarini ochgan Politexnika muzeyi 2 ta hududdan ya'ni, ekspozitsion va interfaol hududlardan tashkil topgan. Bu haqda “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati xabar berdi.
Ekspozitsion hududda barcha mehmonlar retro-avtomashinalari, qadimiy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan tanishishdi. Shuningdek, bu yerda mahalliy avtopromalar «GM Uzbekistan», “Tiko” dan boshlab “Orlando”ga qadar O‘zbekistonning asosiy avtomobil maketlari namoyish qilingan.
Qayd etilishicha, O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan “Kinetik kichik sharlar” 3-D mapping shousi va installyatsiyasi muzeyga tashrif buyurganlarga unutilmas onlarni hadya qiladi.
Interfaol hududda namoyish qilingan eksponatlar ham tabiiy fanlarni anglab yetish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Bu yerga tashrif buyurganlar “Interfaol pol” va “X-box” hududlaridagi kompyuter o‘yinlarini o‘ziga qamrab olgan oynali labirint Eysma sirli xonasida raqsga tushayotgan robotlarning guvohi bo‘lishadi.

Top