23:29 / 31.07.2015
2988

Turk harbiylari Iroqdagi kurdlar pozitsiyalariga aviazarbalar berdi

Turkiya harbiy samolyotlari Iroqning shimolidagi Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining pozitsiyalariga aviazarbalar berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi. Qayd etilishicha, operatsiyada Diyorbakirdan havo ko‘tarilgan 30 dan ko‘proq samolyot ishtirok etgan.

Avvalroq Turkiyaga qarashli F-16 qiruvchi samolyotlari Iroqdagi kurd jangarilarining pozitsiyalarini o‘qqa tutganlari ma'lum qilingandi. Bu orada Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Turkiyaning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan ushbu operatsiya mamlakat uchun xavf to‘liq bartaraf etilmagunga qadar davom etishini ta'kidlab o‘tdi.

Top