23:42 / 31.07.2015
2485

Uch nafar saudiyalik harbiy Yaman tomonidan o‘t ochish paytida halok bo‘ldi

31 iyul kuni uch nafar saudiyalik harbiy xizmatchi Saudiya Arabistoni janubida joylashgan Asir viloyatining Dahron-al-Janub shahri yaqinidagi hududning Yaman tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi xabar berdi.

Kim hujum qilgani ma'lum qilinmayapti. Mamlakatning janubiy tumanlari xusiychilarning o‘chog‘i hisoblanadigan Yamanning Saad viloyati bilan chegaradosh hisoblanadi.

Saudiya Arabistoni javob o‘ti ochib, Yaman tomondan o‘t ochilgan raketa qurilmalarini bartaraf etdi.

Top