18:43 / 31.07.2015
3858

Windows 10 operatsion tizimi bir kunda 14 mln dona kompyuterga o‘rnatildi

Microsoft kompaniyasining yangi Windows 10 operatsion tizimi chiqarilishining dastlabki kunlari 14 mln foydalanuvchi tomonidan yuklab olindi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida kompaniyaning marketing bo‘limi rahbari Yusuf Mexdi ma'lum qildi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu raqamlar barcha kutilgan natijalarni oqlagan va hozirda hattoki “internetni yuklab, ishdan chiqarib qo‘ymaslik uchun” operatsion tizimni bir vaqtda ko‘chirish sonini cheklab qo‘yishga to‘g‘ri qelinmoqda.

Yangi operatsion tizimni yuklab olish boshlangandan keyin butun dunyo bo‘ylab internet-provayderlar qurilmalarga yuklanish ortganini aytmoqdalar, ya'ni internet-trafik odatdagidan 35 foizga oshgani ta'kidlanmoqda.

Top