00:58 / 01.08.2015
3687

AQSh Jahon savdo tashkilotida Xitoy bilan Amerika po‘lati eksporti bo‘yicha yuzaga kelgan tortishuvni yutib chiqdi

Vashington Pekin bilan AQShning teksturlangan elektrotexnik po‘latini Xitoy bozoriga yetkazib berish bo‘yicha tortishuvni Jahon savdo tashkilotida yutib chiqdi. Bu haqda 31 iyul kuni AQShning savdo muzokaralarida ishtirok etgan vakili Maykl Froman ma'muriyati xabar berdi.

AQSh ushbu ish doirasida JSTda Xitoyning AQShning teksturlangan elektrotexnik po‘lati uchun o‘z bojxona to‘lovlarini JSTning talablariga muvofiq belgilagani borasidagi tasdig‘i bo‘yicha bahslashdi.

Bu tortishuv 2014 yilning yanvarida boshlangan.

Fromanning aytishicha, JST ushbu tortishuvda AQShning haqligini tasdiqladi va Xitoy bir necha oy avval yuzaga kelgan savdo mojarosiga sabab bo‘lgan bojni bekor qildi. Shu tariqa amerikalik ishlab chiqaruvchilar uchun 250 mln dollardan ko‘proqqa baholanuvchi bozorga qayta yo‘l ochildi.

Top