08:46 / 01.08.2015
1719

"Arsenal" Kasorla va Uolkott bilan shartnomalarini uzaytirdi

"Arsenal" Teo Uolkot va Santi Kasorla bilan sharnomalarini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.

Kelishuv shartlari ma'lum qilinmagan.

VVS muxbiri Devid Ornshteynning xabariga ko‘ra, Uolkotning shartnomasi 4 yilga tuzilgan bo‘lib, futblchi haftasiga 140 ming funt maosh oladi.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli ispaniyalik Santi Kasorla o‘tgan mavsumda jamoa bilan APLning 37 o‘yinida maydonga tushgan va 7 gol urib (6ta penaltidan), 11ta golli pas uzatgan.
O‘tgan mavsumning birinchi qismida jarohatini davolagan Teo Uolkott esa 14ta o‘yinda 5ta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top