11:50 / 01.08.2015
1931

Chexiya politsiyasi muhojirlarni saqlash markazidan qochib ketmoqchi bo‘lgan muhojirlarga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘lladi

Chexiyada politsiyachilar Bel-Bezdez shahri yaqinidagi Avstriya va Vengriyaga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan muhojirlarni saqlash markazidan qochib ketmoqchi bo‘lgan noqonuniy muhojirlarga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘lladi.

31 iyul kuni 100 ga yaqin muhojir markazni tark etmoqchi bo‘lgan, biroq ular buning uddasidan chiqa olmaganlaridan keyin, lagerda tartibsizliklar boshlandi. Muhojirlar o‘z noroziliklarini bildirish sifatida markazdagi oynalarni va mebellarni sindirishgan.

“Muhojirlar zudlik bilan ozod qilinishlari, ulardan musodara qilingan pul va telefonlarning qaytirilishi va zudlik bilan Germaniyaga jo‘natilishlarini talab qilmoqdalar”, deb xabar bermoqda lagerga yetib kelgan Chexiya Ichki ishlar vaziri.

Muhojirlarning ko‘pchiligi Germaniyaga ketmoqchi bo‘lishgan. Chexiya hukumati ushbu markazga shaxsi aniqlanishi yoki Chexiyadan chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan muhojirlarni yuboradi. Ko‘pchilik muhojirlar bu yerda Chexiyaga kelgan davlatlari – Vengriya va Avstriyaga ortga yuborilishlarini kutishadi.

Shu kuni avvalroq Chexiya politsiyasi Vengriya bilan chegarada asosan Suriya, Pokiston va Afg‘onistondan bo‘lgan 76 nafar muhojirni qo‘lga olgan edi.

Top