11:53 / 01.08.2015
2145

Der Spiegel: Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimiga to‘rtinchi marotaba o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

Germaniya kansleri Angela Merkel 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan kansler lavozimiga saylovlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Siyosatchi ushbu lavozim uchun to‘rtinchi marotaba kurashadi. Bu haqda Der Spiegel nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Merkel ushbu masalani Xristian-demokratik ittifoqi ijrochi direktori Klaus Shyuler va partiya kotibi Peter Tauber bilan muhokama qildi.

Qayd etilishicha, Angela Merkel nomzodining Federal kansler lavozimi uchun saylovlarga qo‘yilishi 2016 yilning boshida e'lon qilinadi.

Top