14:57 / 01.08.2015
4170

Yevropalik fermerlar Rossiyaning qarshi javob sanksiyalari tufayli 5,5 mlrd dollar zarar ko‘rishdi

Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan fermerlari Rossiya tomonidan importga qo‘yilgan taqiqlar tufayli 5,5 mlrd dollar miqdorida zarar ko‘rishgan. Bu haqda Yevropa fermerlari kasaba uyushmasi rahbari Albert Yan Maataga asoslanib, RIA Novosti nashri xabar bergan.

"Rossiyaning savdo bo‘yicha qo‘llagan embargosi agrar va qishloq xo‘jaligi sohasiga katta zarar yetkazdi. Bizning fermerlarimizning o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan ko‘radigan daromadi 2 barobarga kamayib, ziyon miqdori 5,5 mlrd dollarni tashkil etdi", deydi u.

Biroz oldinroq, Vladimir Putin YeIdan qishloq mahsulotlari kirib kelishiga qo‘yilgan taqiqni 1 yilga uzaytirgandi. Uning fikricha, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga embargo qo‘yish YeIning sanktsiyalariga eng to‘g‘ri javob bo‘ladi.

Top