14:19 / 01.08.2015
1865

Filiposyan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytmoqchi ekanini ma'lum qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri Artyom Filiposyan davralar oralig‘ida “Bunyodkor”ni tark etib, Samarqandning “Dinamo” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining rasmiy saytida ma'lum qilindi
Kelishuv amalga oshgach, jurnalistlarga bergan ilk intervyusida Artyom yana milliy terma jamoaga qaytish niyatida ekanligini bildirdi.

Hayotda shunday vaqt bo‘ladiki, yana ikkita qadam oldinga tashlash uchun bir qadam ortga tashlash kerak bo‘ladi. Men hozir 35-36 yoshda emas, 27 yoshdaman – bu aynan futbol o‘ynab, kuchga to‘lgan vaqtim. Zaxirada o‘tirib esa, o‘sishdan to‘xtab qolish mumkin. “Dinamo”da ham yaxshi tarkib yig‘ilib, maqsadlar o‘zgargan. Shunday ekan, “Dinamo”ga o‘tishim mening faoliyatim uchun foydli bo‘ladi. Chunki O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytish niyatim bor. “Dinamo”da barcha o‘yinda maydonga tushib, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatsam vatanimiz bosh jamoasidan yana taklif olishimga ishonaman”, — deydi Filiposyan.

Ma'lumot uchun, Artyom Filiposyan milliy terma jamoa safida bugunga qadar 13ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Top