08:04 / 01.08.2015
2332

Google kompaniyasi biznes uchun Google Glass’ning yangi versiyasini rasmiy e'lonsiz chiqardi

Manbalarning aytishicha, Google kompaniyasi sog‘liqni saqlash, energetika va ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar orasida o‘zining to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklari Glass’ning yangi versiyasini ovoza qilmagan holda tarqatmoqda, deb xabar bermoqda WCJ nashri.

Kompaniya ko‘zoynaklarni biznes uchun ishlanmalar ishlab chiquvchilar orasida joriy yilning kuzida Glass’ning korporativ ehtiyojlar uchun aniq ishlatilishiga erishish uchun tarqatmoqda. Foydalanuvchilar uchun ko‘zoynakning yangi versiyasining chiqarilishi bir yildan keyin e'lon qilinadi.

Yangi model Intel’ning yanada tezroq ishlovchi protsessori negizida yasalgan. Glass ikki soatgacha quvvatlanishsiz ishlashi mumkin bo‘lgan yaxshilangan ko‘rsatkichlarga ega batareyalar bilan jihozlangan hamda barqaror simsiz aloqaga ega.

Top