16:04 / 01.08.2015
2370

Klintonlar oilasi 8 yil davomida 140 mln dollar pul ishlab topgan

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi, sobiq Davlat bosh kotibi, mamlakat prezidentligi uchun navbatdagi saylovga Demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan Hillari Klinton birgalikda 2007 yildan 2014 yilgacha 140 mln dollar daromad qilishgan. Bu haqda Reyter nashri xabar berdi.

Bu ma'lumot Hillari Klintonning soliq hisoboti e'lon qilinishi orqali aniq bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, ularning asosiy mablag‘i ma'ruzalar hisobidan to‘plangan. Hillari Klinton shu yo‘l orqali 2013 yilda 23 mln dollar ishlab topgan. 

Hillari Klintonning aytishicha, bu soliq hisoboti u o‘zining xizmat davrida vakolatlarini suiiste'mol qilmagani hamda shaxsiy pochtasi orqali maxfiy yozishmalar olib bormaganini isbotlaydi.

Biroz oldinroq, Klinton xonim shu 8 yil davomida davlatga 43 mln dollar soliq to‘lagani ma'lum qilingandi.

Top