11:11 / 01.08.2015
3329

"Manchester Yunayted" Di Mariyani jarimaga tortdi hamda uning transfer narxini oshirib qo‘ydi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa yarim himoyachisi jamoaning AQShdagi mavsumoldi yig‘iniga borishdan bosh tortgan Anxel Di Mariyadan jahli chiqqan.

“PSJ”ga o‘tishga yaqin turgan Di Mariya “MYu” tomonidan 360 ming funt sterling miqdorda jarimaga tortilgan edi. Biroq gollandiyalik mutaxassis bu jarima kam, deb hisoblamoqda. “MYu” rahbarlari PFA bilan argentinalik futbolchi nisbatan qo‘shimcha jazo qo‘llanilishini muhokama qilishadi.

Bundan tashqari, “MYu” Di Mariyani “PSJ”ga 43,7 mln funt sterlingga sotmoqchi emas. Angliya klubi “PSJ”dan 45 mln funt sterling talab qilmoqchi. 

Top