11:48 / 01.08.2015
5899

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi avtomaktablarda sifatsiz o‘qitish yuzasidan sudga murojaat qilishni tavsiya qildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi avtomaktablarda haydovchilikka tahsil olayotganlar agar ularni o‘qitish sifati qoniqtirmasa, sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklarini eslatib o‘tdi.

“Avtomaktab bilan o‘quvchi o‘rtasidagi shartnomaga asosan o‘qitish dasturi va majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan o‘quvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlar va sudga shikoyat berish huquqiga egalar”, deb aytilmoqda vazirlikning UZ24 portali tahririyatiga yo‘llagan maktubida.

Avvalroq UZ24 tahririyati IIVga fuqarolar avtomaktablarda past darajadagi o‘qitish holatiga duch kelsalar nima qilishlarini tushuntirish iltimosi bilan yozma ravishda murojaat qilgan edi.

Joriy yilda butun O‘zbekiston bo‘ylab Avtotest kompaniyasi tomonidan xususiy avtomaktablar ochish rejalashtirilmoqda. Kompaniya vakillarining ma'lum qilishlaricha, haydovchilikka o‘qitish uchun ochilishi rejalashtirilgan maktablar hozirdagi avtomaktablardan, xususan o‘qituvchilarning kasbiy mahorati darajasi bo‘yicha tubdan farq qiladi.

Top