19:44 / 01.08.2015
5476

Putinning matbuot kotibi uylandi

1 avgust kuni Figurali uchish bo‘yicha Olimpiada chempioni Tatyana Navka Rossiya prezidentining matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskovga turmushga chiqdi.

RIA Novosti nashrining xabar berishicha, nikoh marosimi Sochi shahridagi eng mashhur otellardan biri Rodina Grand Hotel & SPA`da o‘tkazilgan.

Biroz oldinroq, Vladimir Putin ham bu marosimga taklif etilgani xabar qilingandi. Hozircha u to‘yda ishtirok etgani haqida aniq ma'lumot bildirilmadi.

Xabarlarda to‘y 2 kun davom etishi aytilgandi.

Shu tariqa, Peskov uchinchi marta uylandi, Navka esa ikkinchi marta turmushga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq, Tatler nashriga bergan intervyusida Tatyana Navka Peskov bilan 2010 yilda, umumiy tanishlarining tug‘ilgan kuni ziyofatida ilk marta uchrashishgani, ular o‘sha kechada "9 1/2 nedel" filmi musiqasiga birgalikda raqs tushishgani haqida aytib bergandi. Navka shu yilning aprelida esa Znak.com nashriga Peskov bilan turmush qurmoqchiligini bildirgandi.

Top