08:11 / 01.08.2015
2614

Tataristonda O‘zbekiston fuqarolari politsiyachilarga qo‘l ko‘targani uchun sudlandi

Tataristonda O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi – 31 yoshli Xursandbek Sobirov, 42 yoshli To‘lqin Sobirov va 30 yoshli Ramat Rahmonov politsiya xodimlarini urganlikda aybdor deb topilishdi.

Tergov ishi materiallariga ko‘ra, 2014 yilning 19 avgusti tunida politsiya xodimlari Apastovo posyolkasidagi ko‘chalardan biriga shu yerda yashovchi erkakning uni noma'lum shaxslar ta'qib qilayotgani haqidagi xabariga javoban yetib kelishgan.

Politsiyachilar arzchi bilan suhbatlashib turganlarida ularning yo‘l chetiga qo‘yilgan xizmat mashinalariga “Gazel” mashinasi kelib urilgan. Mashinadan aka-uka Sobirov va Rahmonov tushib, politsiyachilarni ura ketgan. Bundan keyin huquq-tartibot muassasalari xodimlari havoga bir nechta ogohlantiruvchi o‘q uzishgan. Jinoyatchilar voqea joyidan mashinada qochib ketishga harakat qilishgan.

Ularning ketidan quvish paytida bosqinchilar qo‘lga olingan. Qo‘lga olish paytida jinoyatchilar qarshilik ko‘rsatishgan. Jinoyatchilar politsiyachilar To‘lqin Sobirovning oyog‘iga o‘q uzganlaridan keyingina taslim bo‘lgan.

Sud To‘lqin Sobirov, Xursandbek Sobirov va Ramat Rahmonovga mos ravishda 5, 4 va 2,5 yil umumiy tartibdagi koloniyada jazoni o‘tash hukmini chiqardi.

Top