11:13 / 01.08.2015
3591

Tojikiston "IShID" safiga o‘tib ketgan 16 nafar fuqarosini Interpol qidiruviga berdi

Interpol Tojikiston hukumatidan "IShID" safida jang qilayotgan tojikistonliklarning 16 kishilik ro‘yxatini oldi. TASS nashri xabariga ko‘ra, Tojikiston maxsus xizmatlarining sobiq boshlig‘i, davlatga xiyonatda ayblangan Gulmurod Xalimov ham bo‘lgan bu ro‘yxatdagi kishilar Interpol tomonidan qidirilmoqda.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bergan ma'lumotda yaqin kunlarda "IShID" safiga o‘tib ketgan 600 nafardan ortiq tojikistonliklardan iborat ro‘yxat ham tayyorlanib, Interpolga topshiriladi.

"Iroq va Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan tojikistonliklarga nisbatan davlat bosh ptokuraturasi "Xorijga yollanganlik" aybi bo‘yicha jinoiy ish ochadi", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, jangarilar safiga yollanganlarning aksar qismi Rossiyaga ishlash uchun ketgan mehnat muhojirlari hisoblanishadi.

Shu vaqtgacha Tojikistonga 35 nafar sobiq jangari qaytib kelib, o‘zini hukumatga topshirgan.

Top