04:59 / 02.08.2015
2461

“PSJ” uchinchi marta ketma-ket Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Parijning “PSJ” jamoasi Fransiya Superkubogi uchun uchrashuvda “Lion”ni mag‘lub etib, uchinchi marta ketma-ket Fransiya Superkubogi sohibiga aylandi. Uchrashuv Kanadaning Monreal shahridagi “Saputo” stadionida bo‘lib o‘tdi va parijliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Serj Ore parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 6 daqiqa o‘tib, urugvaylik superyulduz Edinson Kavani “PSJ”ning ustunligini 2 barobarga ko‘paytirdi.
2-taym o‘rtasida “Lion” kamchilikda qoldi – Maksim Gonalon to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan “siylandi”.

“PSJ” klub tarixida 5-marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fransiya Superkubogi
PSJ (Parij) – Lion (Lion) – 2:0
Gollar: 1:0 – 11 Ore, 2:0 – 17 Kavani.
PSJ – Trapp, David Luiz, Ore, Tiago Silva, Maksvell, Verratti (Stambuli, 70), Matyuidi, Rabo, Lukas (Baebek, 82), Kavani (Ogyusten, 63), Ibrohimovich.
Lion – Lopesh, Umtiti, Kone, Bedimo, Jayye, Ferri (Malbrank, 78), Gonalon, Tolisso, Bovyu, Benziya (Gezzal, 67), Lakasett.
Ogohlantirishlar: Verratti (60), David Luiz (81).
Chetlatish: Gonalon (64).

Top