18:30 / 02.08.2015
2861

Angela Merkel partiyasining mashhurligi rekord darajaga yetdi

Germaniya konservativ partiyalari bloki mashhurligining cho‘qqisini boshdan kechirmoqda, deb xabar beradi Deutsche Welle radiosi. Bundan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari dalolat bermoqda.
Bosh kansler Angela Merkel boshchilik qiladigan Xristian-demokratik ittifoq hamda Bavariya Xristian-demokratik ittifoqni saylovchilarning 43 foizi qo‘llab-quvvatlaydi. Parlamentdagi boshqa partiyalarning umumiy reytingi shu ko‘rsatkichga teng.
Emnid sotsiologik tadqiqotlar instituti ekspertlarining fikricha, bu Angela Merkelning mashhurligi bilan bog‘liqdir. U yaqinda to‘rtinchi muxlatga saylanishga tayyorligini bildirgan edi.
Saylovgacha shunday reyting saqlanib qolsa, blok parlamentda mutlaq ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lib, hukumatni mustaqil shakllantirish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holat Germaniyada 2005 yildan buyon kuzatilmagan.

Top