10:14 / 02.08.2015
5419

AQSh va uning ittifoqchilari “IShID” pozitsiyalariga 30ta aviazarba berdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya “IShID” terrorchilik tashkilotining Iroq va Suriyadagi pozitsiyalariga 30ta aviazarba berdi

Qayd etilishicha, 19ta zarba Iroqda, 11ta zarba Suriyada berilgan. Bu haqda AQSh harbiylari ma'lum qildi.

“IShID”ning Mosul, Ramadi va Sinjardagi pozitsiyalari raketalar hujumiga uchradi.

1 avgustda Kanada hukumati Iroqqa “IShID” bilan kurashishida yordam sifatida 6,4 mln dollar ajratishi ma'lum qilindi.

Top