22:38 / 02.08.2015
3158

Baykal ko‘lida teploxod yonib ketdi

Rossiyada Baykal ko‘lida “Barguzin” teploxodi yonib ketdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Irkutsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi saytida ma'lum qilindi.

“Moskva vaqti bilan 12:11 da “Barguzin” kemasida mashina bo‘limida dvigatelning portlashidan keyin yong‘in chiqqani haqida xabar olindi. Teploxod Bolshoye Goloustnoye posyolkasi hududidagi sohildan 1,5 km uzoqlikda suzib ketayotgan bo‘lgan. Kemada 120 kishi bo‘lgan, ularning barchasi qutqarish qayiqlariga evakuatsiya qilindi va qutqarish jiletlari bilan ta'minlandi”, deyilmoqda xabarda.

Qayd etilishicha, voqea joyiga barcha suzish vositalari jo‘natilgan.

Keyinroq falokat joyiga “Petr Velikiy” teploxodi yetib kelib, suvdagi yo‘lovchilarni o‘z bortiga olgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

O‘t o‘chiruvchilar teploxoddagi yong‘inni bartaraf qildilar.

Top