Rossiyaning Dog‘iston o‘lkasidagi Tsexok qishlog‘ida oltita uyga o‘t ketdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
“Qishloqda bir uyda yong‘in bo‘ldi, olov qo‘shni uylarga o‘tdi, natijada hozir oltita uy yonmoqda”, – deb ma'lumot berdi mintaqaning favqulodda xizmatlari.
Yong‘inda hech kim zararlanmadi, odamlar vaqtida evakuatsiya qilindi. Qutqaruvchilar olovni o‘chirishga harakat qilmoqda.