05:40 / 02.08.2015
2021

Hindistonda yer ko‘chishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning sharqidagi G‘arbiy Bengaliya shtatida uzoq davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli yuz bergan yer ko‘chishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi.

“Sinxua” agentligining ma'lum qilishicha, tabiiy ofat Darjiling okrugiga to‘g‘ri kelgan. Bu yerda 2185 metr balandlikda Darjiling tog‘ stansiyasi mavjud bo‘lib, mintaqadagi eng diqqatga sazovor joylardan hisoblanadi.

Press Trust of India nashrining ma'lum qilishicha, yog‘ingarchilik tufayli elektr uzatish liniyasi uzilgan va avtomagistrallar barbod bo‘lgan.

Hindistonda tog‘li hududlarda yer ko‘chishiga sabab bo‘luvchi yomg‘irlar mavsumi iyundan sentabrgacha davom etadi.

Top