23:41 / 02.08.2015
2766

Joze Mourinyu: «Eng yaxshi jamoa mag‘lub bo‘ldi»

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Angliya Superkubogi uchun “Arsenal” bilan o‘tkazilgan uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv “Arsenal”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Eng yaxshi jamoa yutqazdi. Biz jonbozlik ko‘rsatdik, o‘yinni to‘liq nazorat qildik va to‘pni ushlab turdik. Biroq raqib o‘z darvozasi yonida turib olgani uchun gol urishimiz qiyin bo‘ldi. “Arsenal” butun jamoa bilan himoyalandi. Ular o‘z darvozalari yonida tartib bilan harakat qilishdi, ularni yutuq bilan tabriklayman.
Bu mavsumda chempionlik unvoni uchun kurash juda qiyin kechadi. Ko‘pchilik raqiblarimiz yangi o‘yinchilar sotib olishga katta pullar sarflamoqda, biz esa avvalgi tarkibda qoldik. Biz g‘alaba uchun kurashishga harakat qilamiz.
Bir mavsum uchun “Chelsi”ga 5 nafar himoyachi yetarli emas. Biz mavsumga 5 nafar himoyachi bilan kira olmaymiz, bu bizning zaif tomonimiz”, deb aytdi Mourinyu.

Top