14:45 / 02.08.2015
3664

Kiyev Moskvani Donbass bo‘yicha “haqiqiy muzokaralar” o‘tkazishga chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Associated Press agentligiga bergan intervyusida rasmiy Moskvani Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish va vaziyatni barqarorlashtirish borasida “haqiqiy muzokaralar” o‘tkazishga chaqirdi.
Uning fikricha, Rossiya qurolli kuchlari harbiylari va maxsus guruhlari ixtilof o‘chog‘ida harakatga tayyor bo‘lib turibdi. Shu bois YeXHTning maxsus komissiyasi u yerda qolib, ovoz berish jarayonining shaffof bo‘lishini ta'minlab berishi kerak.
Shuningdek, Klimkin Ukraina “Yevropa oilasi”da o‘z o‘rnini topish uchun islohotlar tayyorlayotganini ma'lum qildi.
“Demokratik Yevropa Ukrainasi Rossiyaning qo‘rqinchli tushidir”, – qo‘shimcha qildi u.

Top