09:31 / 02.08.2015
1803

Mourino: “Sog‘lig‘imda muammolar paydo bo‘lmaguncha murabbiy bo‘lib ishlamoqchiman”

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino kamida yana 20 yil davomida bosh murabbiy bo‘lib ishlamoqchi.

“70 yoshimda ham o‘zimni murabbiy sifatida ko‘rmoqdaman. Sog‘lig‘imda muammolar paydo bo‘lmaguncha murabbiy bo‘lib ishlamoqchiman. Bu ishda tajriba juda muhim ahamiyatga ega. Agar o‘yinchilar yoshlari o‘tgan sayin formalarini yo‘qotsalar, murabbiylarda bunday muammo yo‘q. Albatta, ko‘zlardagi uchqun so‘nishi mumkin, lekin bu boshqa masala. Mening fikrimcha, oxirgi 10 yil ichida murabbiy sifatida ancha tajribam oshdi. Mening mahoratim faqat o‘smoqda”, deb aytdi 52 yoshli “Special One”.

Top