14:31 / 02.08.2015
2555

Nyu-Yorkda otishma yuz berishi oqibatida 10 kishi jarohatlandi

Nyu-Yorkning Bruklin tumani hududidagi bayram ziyofati vaqtida otishma sodir bo‘ldi va 10 kishi jarohatlandi. Bu haqda New York Post gazetasi xabar berdi.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, otishma ziyofat mehmonlari orasida kelib chiqqan janjalning davomi sifatida yuz bergan.

Jarohatlanganlardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda politsiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Top