04:36 / 02.08.2015
4512

Olimlar Yer yaqinidan uchib o‘tgan mayiz shaklidagi asteroidning videosini chop etdilar

AQShlik astronomlar Yerdan 2,4 mln km uzoqlikda uchib o‘tgan antiqa shaklga ega asteroidni tasvirga oldilar.

Olimlarning aytishicha, ular tomonidan aniqlangan koinot jismi 610 m uzunlikka va 250 metr enga ega. Olimlar ushbu 2011 UW158 asteroidi o‘z o‘qi atrofida 36 minutda to‘liq aylanishini hisoblab chiqdilar.
sayyoramiz yonidan uchib o‘tgan mayizni eslatuvchi asteroidni bir paytning o‘zida ikkita astrofiziklar jamoasi videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Kaliforniyalik olimlar teleskoplarini asteroid tomon yo‘naltirdilar, g‘arbiy virjiniyalik olimlar esa undan qaytgan signalni o‘lchadilar. Olimlarning aytishicha, koinot jismi juda ham qattiqdir, chunki u boshqa jismlarga urilganda uncha-bunchaga shikastlanmaydi.
Ushbu “mayiz-asteroid” Yer yonidan joriy yilning 18 iyulida uchib o‘tdi. U endi 93 yildan keyin sayyoramizga yaqinlashadi.

Top