23:30 / 02.08.2015
2749

O‘zbekiston Oliy ligasining 16-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

2 avgustdan O‘zbekiston milliy chempionati ikkinchi davrasiga 16-tur o‘yinlari bilan start berildi. Ushbu tur doirasida dastlabki 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo”sini qabul qildi. “Andijon” jamoasi “Nasaf” bilan kuch sinashdi. “Neftchi” esa safarda “Sho‘rtan”ga qarshi bahs olib bordi.
Jizzaxda “So‘g‘diyona” klubi “Qizilqum”ni, “Buxoro” jamoasi o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qildi.
Igor Shkvirin boshchiligidagi “Olmaliq” futbolchilari “Paxtakor” bilan bellashdi.

Quyida ushbu uchrashuvlarning natijalari keltirib o‘tilgan.

Oliy liga 16-tur

"Qo‘qon-1912" - "Dinamo" – 3:1
Gollar: N.Otaqo‘ziyev (19, 81), S.Eminov (76) - K.Sharafutdinov (25)

"Andijon" - "Nasaf" – 0:1
Gol: A.Gevorkyan (9)

"Sho‘rtan" - "Neftchi" – 4:1
Gollar: I.Taran (11), Z.Polvonov (48), I.Taran (70), E.Boymatov (84) - Sh.Hakimov (46)

"So‘g‘diyona" - "Qizilqum" – 4:1
Gollar: G‘aniyev (2), B.Qosimov (45+1), J.Hakimov (72), S.Hamidov (82) - Vahobov (11)

"Buxoro" - "Bunyodkor" – 1:2
Gollar: S.Giorgiyev (52) - Eldor Shomurodov (45+2), D.Hamdamov (70)

"Olmaliq" – "Paxtakor" – 1:2
Gollar: V.Kozak (19), K.Maxaradze (30) - Ye.Gogol (32)

Top