09:56 / 02.08.2015
9818

O‘zbekistonda uchinchi sektor shiddat bilan rivojlanmoqda

29-30 iyul kunlari “Mamlakatning demokratik yangilanishi va modernizatsiyasida fuqarolik jamiyati institutlari roli va o‘rnining kuchayishi: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi. U O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi tomonidan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Fridrix Ebert jamg‘armasi va YeXHTning O‘zbekistondagi koordinatori idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xalqaro forum ishida Belgiya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa davlatlarning, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakillari, parlamentariylar, mutaxassislar, olimlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 7 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Ma'ruzachilar mamlakatda uchinchi sektorning faol rivojlanayotgani va jamiyatda o‘z o‘rnini topib borayotganini ta'kidlab o‘tishdi.
Davra suhbati yakunlariga ko‘ra tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Top