12:05 / 02.08.2015
7915

O‘zbekistondan Qozog‘istonga avtomobillar eksporti 19,1 marotabaga kamayib ketdi

O‘zbekiston 2015 yilning birinchi yarmida Qozog‘istonga 1063ta yengil avtomobil eksport qildi. Bundan Qozog‘iston moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi bergan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.

Bu ko‘rsatkich 2014 yildagi shu davrdagi ko‘rsatkichdan 19,1 marotaba qamroqni tashkil qildi.

Eksport qilingan mashinalarning umumiy qiymati 9,8 mln dollarni, ya'ni o‘tgan yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 14,9 marotaba kamroqni tashkil qildi.

2014 yilda O‘zbekiston avtomobil sanoati 55 mingta yengil avtomobil eksport qilgan. “O‘zavtosanoat” AK ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimiz mashinasozligi mahsulotlariga Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Ukraina, Belarus, Indoneziya, Braziliya, Turkiya va Janubiy Koreya kabi davlatlar tomonidan talab bildirilmoqda.

Top