09:11 / 02.08.2015
1760

Peruda 50dan ortiq tutqun ozod qilindi

Peru xavfsizlik kuchlari 54 nafar tutqunni ozod qilishdi, deb xabar beradi Associated Press.
Ularni “Sendero luminense” harakati jangarilari qo‘lga olgan edi. Ushbu radikal tashkilot mamlakatning uzoq o‘rmonli hududlarida faoliyat yuritadi.
Terrorchilikka qarshi kurash departamenti rahbari Xose Baelyaning so‘zlariga qaraganda, tutqunlarning ko‘pchiligi 20 yil muqaddam Puerto-Okopa shahridan olib qochib ketilgan edi. Ular orasidagi ayollar jangarilarga farzand tug‘ib bergan, bu bolalar terrorchi sifatida tarbiyalangan.
Ozod qilinganlarning aksariyat qismi kampa xalqiga mansub ekanligi ta'kidlanmoqda.
“Sendero luminense” – “Yorqin yo‘l” maoistik harakati vakillari 1980 yildan buyon rasmiy hukumatga qarshi kurashib kelmoqda.

Top