17:54 / 02.08.2015
4321

Rossiya mudofaa vazirligi Mi-28N halokatining sababini aytdi

Rossiyaning Ryazan viloyatidagi “Dubrovichi” poligonida uyushtirilgan, “Aviadarts” xalqaro tanlovini ochib beruvchi “Aviamiks” aviashousida Mi-28N vertolyotlarida chiqish qilayotgan “Burgutlar” pilotaj guruhiga tegishli vertolyotlardan biri kutilmaganda yerga quladi.
Yer bilan to‘qnashgan mashina o‘t oldi. Guvohlarning bildirishicha, vertolyotning dumidagi parragi ishdan chiqqan. Tryuklardan birini ijro etgach, mashina qulay boshlagan.
Voqea joyiga Rossiya harbiy havo kuchlari aviatsiya boshlig‘i Sergey Kobilash yetib keldi. Aniqlanishicha, vertolyot uchuvchilaridan biri halok bo‘ldi, ikkinchisi esa yengil jarohat oldi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, birlamchi tekshiruvlar natijasida vertolyot nega halokatga uchragani aniqlangan. Mutaxassislar halokat texnik sabablarga ko‘ra sodir bo‘lganini ta'kidlamoqda. Jumladan, mashinaning gidrotizimi ishdan chiqqani aytilmoqda.

Top