8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

18:45 / 02.08.2015 2203

Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi onlayn so‘rovnoma o‘tkazmoqda

O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining rasmiy saytida (Uznature.uz) sotsiologik so‘rov o‘tkazilmoqda.
Qo‘mita matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, so‘rovnoma o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad sayt auditoriyasini aniqlash va tashkiliy masalalar bo‘yicha, xususan, ishonch telefonlari samaradorligi borasida ularning fikrini o‘rganishdir.
Ta'kidlanishicha, savollar imkon qadar sodda tuzilgan. Jumladan, ular respondentning korxonasi qanday iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, ular qo‘mita xodimlarining korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini kuzatgan-kuzatmaganligi, ishonch telefonlari samaradorligining bahosi singari masalalarga qaratilgan.
Shuningdek, korrupsiya haqidagi savolga qo‘shimcha ravishda, respondent bu holat qanday vaziyatda kuzatilganini ko‘rsatishi mumkin: O‘zbekistonga tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bor mahsulot olib kirishga ruxsatnoma olish, o‘simlik dunyosi obektlaridan foydalanishga maxsus ruxsatnoma olish, Qizil Kitobga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni olib chiqib ketishga ruxsatnoma olish va hokazo.
Shuningdek, qo‘mita sayt foydalanuvchilari ko‘rsatilayotgan interfaol xizmatlarni yanada takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar bildirishidan umid qilmoqda.

Teglar

Top