10:02 / 02.08.2015
4367

Ukraina TIV: Qrimning Rossiya tarkibida qolishi vaqtinchalik holat

Ukraina Qrimda urush harakatlari olib bormoqchi emas va shu bilan birgalikda hech qachon bu yarimorolning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinganini tan olmoqchi emas. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Anqarada o‘tkazilgan II Butundunyo Qrim-tatarlari kongressi vaqtida aytib o‘tdi.

"Rossiya bilan tinchlik sulhi mavjud. Ba'zi sohalarda hamkorlik qilinayotgani ham bor gap. Lekin munosabatlar iliqlashmagan", deydi Klimkin Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinganiga ishora qilib.

Ukrainalik vazirning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qrimda inson huquqlari buzilishiga qarshi bo‘lib kelmoqda va bunga qarshi bo‘lib qoladi.

Uning fikricha, Qrim yarimorolining Rossiya tarkibida bo‘lishi vaqtinchalik holat.

Top