18:23 / 03.08.2015
3481

Amerikalik 9 yoshli beysbolchi bita zarbasidan halok bo‘ldi

AQShDa "Liberal Bi Jyeys" va "San-Diyego Ueyvs" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 9 yoshli beysbolchi Kayzer Karlayl boshiga urilgan bita zarbasi tufayli jon berdi. Bu haqda "Liberal Bi Jyeys" jamoasining feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

"Katta afsus bilan Kayzerning ota-onasi va yaqinlariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Barchadan uning oilasi va yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashini so‘raymiz", deb yoziladi ta'ziyanomada.

Ma'lum bo‘lishicha, bu fojia yuz bergan o‘yin 1 avgust kuni Kanzas shtatidagi Liberal shahrida o‘tkazilgan. Assosheyted Press nashri xabariga ko‘ra, o‘yinchilardan biri tasodifan Karlaylning boshiga urib yuborgan. Karlaylning boshida himoya dubulg‘asi kiyilgan, lekin bu uni o‘limdan saqlab qola olmagan.

Top