14:21 / 03.08.2015
5165

Angry Birds 2 5 mln marta ko‘chirib olindi

Rovio kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Angry Birds o‘yining yangi, ikkinchi qismi chiqqanidan 12 soat o‘tib, u App Store va Google Play’dan 1 mln marta, ikki kun ichida esa jami 5 mln marta ko‘chirib olindi. Bu haqda YLE News xabar bermoqda.
O‘yinning yangi qismida qahramonlar o‘zgarishsiz qoldi. Syujyet ham o‘sha-o‘sha – qushlar ularning tuxumlarini olib qochgan cho‘chqalarga qarshi kurashadi.

Top