08:49 / 03.08.2015
2248

AQSh davlat kotibi Misr prezidenti bilan IShIDga qarshi kurash va Eron kelishuvini muhokama qildi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Qohiraga safari doirasida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan IShID guruhiga qarshi kurashish masalasi, shuningdek, Eron bilan erishilgan yadroviy kelishuv masalalarini muhokama qildi. Bu haqda davlat departamenti vakili matbuot bilan muloqot chog‘ida ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Kerri va as-Sisiy Yaqin Sharqdagi umumiy vaziyat, shuningdek, Misrda sodir etilgan teraktlar haqida ham to‘xtalib o‘tishdi. AQSh diplomatiyasi rahbari Misrga IShIDga, shuningdek, Sinay yarim orolidagi terrorchilarga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini ma'lum qildi.
Shuningdek, u Venada Eron va vositachilar oltiligi vakillari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida erishilgan kelishuv mintaqaning boshqa davlatlari qatorida Misrning ham xavfsizligini ta'minlashini ta'kidlab o‘tdi.

Top