11:13 / 03.08.2015
4658

Armaniston chempionatida feyr-pleyga binoan avtogol urildi

Armaniston chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Shirak» — «Gandzasar» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 52-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Tigran Barsegyan feyr-pley qoidalariga ko‘ra maydon tashqarisiga chiqarib yuborilgan to‘pni raqibga qaytarib berish jarayonida kutilmaganda maydon markazidan raqib darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Yuzaga kelgan tortishuvli vaziyatdan chiqib ketish maqsadida yana bir feyr-pley usulidan foydalanildi.

«Gandzasar» darvozaboni Arsen Petrosyan burchak to‘pi amalga oshirilgan paytda to‘pni ataylab o‘z darvozasiga kiritdi. Keyinchalik «Shirak»ga g‘alaba keltirgan golga 82-daqiqada Jan-Jaka Bugui mualliflik qildi.

Top