01:19 / 03.08.2015
1950

Arsen Venger: “Bugun bizda imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi, biz “Chelsi”dan ko‘ra keskinroq harakat qildik”

“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Superkubogi uchun “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Uchrashuv jadal suratda o‘tdi. Jamoalar bor kuchlari bilan o‘ynashdi. Har bir hujumimizda urishga imkoniyatimiz bo‘ldi. Bugun bizda imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi va biz “Chelsi”dan ko‘ra keskinroq o‘ynadik.
Bizning o‘yinimiz uyushqoqlik, hujum va himoyadagi yaxshi o‘yinga asoslandi. To‘p kiritganimizdan keyin, ustunlikni saqlab qolishga harakat qildik.
Biz “Chelsi” kabi kuchli raqib bilan uchrashuvda to‘p o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman.
Uilsherning o‘ynamaganiga sabab, u mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Bu qandaydir jiddiy narsa, deb o‘ylamayman.
Chex yakuniy natijaga o‘z hissasini qo‘shdi. Ehtimol “Chelsi” o‘yinchilari unga gol urish uchun ideal hujumni o‘tkazish lozim, deb o‘ylagan bo‘lsalar kerak”, deb aytdi fransiyalik mutaxassis.

Top