Belarus Ukraina bilan chegaralarini mustahkamlamoqda. Bu haqda mamlakat xavfsizlik kengashi davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Stanislav Zas ma'lumot berdi.
“Biz Ukrainada bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Afsuski, u yerda salbiy tendensiya bor. Oxirgi ikki yil ichida ushbu chegarani mustahkamlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu demarkatsiya, kuchlarni o‘stirish va davlat chegaralari uchastkalarini jihozlashdir”, – dedi u ONT telekanali efirida.
Belarus va Ukraina 1 084 km li umumiy chegaraga ega.