10:12 / 03.08.2015
2190

Di Mariya «PSJ» safida ko‘rikdan o‘tish uchun Qatarga yetib keldi

"Manchester Yunayted" klubining 27 yoshli yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Qatar poytaxti Dohaga yetib keldi. Bu haqida Get French Football News jurnalisti tvitter orqali xabar tarqatdi.

Di mariya Dohaga "PSJ" tarkibida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan.

Bundan olinroq, Di Mariya uchun parijliklar "MYu"ga 63 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.

Top