18:47 / 03.08.2015
4163

Independent: “IShID”ga berilayotgan aviazarbalar tufayli yuzlab tinch aholi halok bo‘lmoqda

“IShID” terrorchilik guruhiga AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan berilayotgan aviazarbalar yuzlab tinch aholining halok bo‘lishiga olib kelmoqda, deb yozmoqda Buyuk Britaniyaning The Independent nashri.

Bunday xulosalar bilan “IShID”ga berilayotgan aviazarbalarning samaradorligini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi Airwars kompaniyasi vakillari jurnaalistlar bilan bo‘lishdilar. Tahlilchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, 57 ta aviazarba oqibatida kamida 459 nafar tinch aholi va 48 nafar iroqlik harbiy halok bo‘lgan.

Ekspertlar AQSh, Buyuk Britaniya va ularning ittifoqchilari tomonidan uchuvchisiz parvoz qurilmalarining ishlatilishi shunday oqibatlarga olib kelayotganini ta'kidlamoqdalar.

Top