17:13 / 03.08.2015
3104

«Jahon» axborot agentligiga yangi direktor o‘rinbosari tayinlandi

Bahodirjon Ergashev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma'lumot berilgan.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi 1995 yilning noyabrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning borishi, jamiyatning demokratik yangilanishi jarayoni to‘g‘risida xolis axborot tarqatish, milliy va xalqaro axborot agentliklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, respublikamizning jahon axborot makoniga integrasiyalashuvini tezlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Top