Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning fikricha, mamlakat ixtilofda “harbiy nuqtai nazardan” g‘alaba qozona olmaydi. Bu haqda u Associated Press muxbirining Donbassdagi vaziyat haqidagi savoliga javoban aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, vazir Ukraina urushda jahon hamjamiyatining qo‘llab-quvvatlashi natijasida g‘alaba qozonishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.
Ilgariroq Klimkin Rossiya rahbariyatini Ukraina sharqidagi ixtilof yuzasidan “haqiqiy” muzokaralar olib borishga chaqirgan edi.